Oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qoʻqon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maʼlumotni Qoʻqonda olgan Abdulla 1925 yilda Toshkentga kelib, “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida ishlaydi.
U Oʻrta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi “Sovet adabiyoti” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954–1956).
Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. Dastlab “Mushtum” jurnalida, “Yangi Fargʻona” gazetasida uning hikoya, felyeton, xabarlari bosildi. Yozuvchining “Olam yasharadi” nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1935 yilda chop etilgan.
30-yillarda adibning uchta “Hikoyalar” toʻplami (1935,1938,1939) kitobxonlar qoʻliga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari “Sarob” (1935) romanini yozdi.
Urush yillarida yozuvchining bir qancha felyeton, ocherk va hikoyalari eʼlon qilindi. “Asror bobo”, “Dardaqdan chiqqan qahramon”, “Kampirlar sim qoqdi”, “Xotinlar”, “Oltin yulduz” kabi oʻnlab hikoya va qissalarida oʻzbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozliklari, yuksak vatanparvarligi ifodalangan.
Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan “Qoʻshchinor chiroqlari” (1951) romani jamoalashtirish mavzuiga bagʻishlangan.
U oʻzining “Shohi soʻzana” (1951), “Ogʻriq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962), “Ayajonlarim” (1967) komediyalari bilan oʻzbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qoʻshdi. Ayniqsa, “Shohi soʻzana” pyesasida dramaturg qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuini zoʻr mahorat bilan yoritdi. Pyesa respublikamiz va qator xorijiy mamlakatlar sahnalarida muvaffaqqiyatli namoyish qilindi. Yozuvchining “Sinchalak” (1958), “Oʻtmishdan ertaklar” (1965), “Muhabbat” (1968) qissalari oʻzbek nasrining taraqqiyotiga muhim hissa boʻlib qoʻshildi.
U “Oʻtmishdan ertaklar” qissasi uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Oʻzbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning “Mening dorilfununlarim”, N. V. Gogolning “Revizor”, L. N. Tolstoyning “Urush va tinchlik” romani (I, II kitoblari) va boshqa bir qator asarlarni oʻz ona tillarida oʻqishga muvaffaq boʻlganlar.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor mustaqillik yillarida oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Fotogalereya
Yangiliklar
Tadbirlar | Ijodiy uchrashuvlar | Fotolavhalar | Fikrlar
Mazkur tadbirda Toshkent moliya instituti ilmiy-adabiy maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod so‘zga chiqib, atoqli adib, betakror so‘z ustasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hayoti va ijodi, adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi Read more…
Tadbirda institutning Abdulla Qahhor ijod muzeyi badiiy rahbari Nuriddin Ochilov, “Abdulla Qahhor” nomidagi stipendiya sohiblari va bir qator iqtidorli talabalar so‘zga chiqib, o‘zbek adabiyotining yorqin vakili, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning hayoti, ijodi, bizga qoldirgan Read more…
21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida Toshkent moliya instituti tomonidan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining Maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boshqarmasi boshligʻi L.Mingishov, Read more…
Tadbirda institutning Abdulla Qahhor ijod muzeyi badiiy rahbari Nuriddin Ochilov, oʻzbek adabiyotining yorqin vakili, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning hayoti, ijodi, bizga qoldirgan badiiy merosi haqida qiziqarli maʼlumotlarni soʻzlab berdilar va adib hikoyalaridan parchalar keltirib Read more…
Tadbirda institutning Abdulla Qahhor ijod muzeyi badiiy rahbari Nuriddin Ochilov, “Abdulla Qahhor” nomidagi stipendiya sohibi Sotvoldiyev Sardor va bir qator iqtidorli talabalar soʻzga chiqib, oʻzbek adabiyotining yorqin vakili, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning hayoti, ijodi, Read more…
2022-yilning 5-oktabr kuni Toshkent moliya instituti “Budjet hisobi va gʻaznachilik” fakulteti tomonidan Adiblar xiyobonida “Abdulla Qahhor – tengsiz ijodkor” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Nishonboy Husanov, institutning Read more…
Joriy yilning 21-sentabr kuni «Adiblar xiyoboni»da madaniy va maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Toshkent moliya instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda institutning Bank ishi fakulteti tomonidan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Abdulla Read more…
Xususan, joriy yilning 16-sentyabr kuni poytaxtimizning so‘lim “Adiblar xiyoboni”da Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida Toshkent moliya institutida ham qator Read more…
Joriy yilning 14-sentyabr kuni Adiblar xiyobonida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor xotirasiga bagʻishlangan navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Uchrashuvlarda institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. U.Narbayev, institutda tashkil etilgan Abdulla Qahhor ijod muzeyi rahbari Nuriddin Ochilov va Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining 40 nafar talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tanlov ikkita shartdan iborat: 1)“Abdulla Qahhor asari taqdimoti” sharti – talaba oʻzi oʻqigan asarni tahlil qilishi kerak (Taqdimotli videorolik tayyorlanadi); 2)»Audiohikoya» sharti – talaba Abdulla Qahhor hikoyasi asosida audiopostanovka tayyorlaydi (hikoya dialoglarini obrazga kirgan xolda Read more…
Bugun Adiblar xiyobonida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, institut ilmiy-abadiy maslahatchisi, shoir Bobur Bobomurod, instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. U.Narbayev, Read more…
Joriy yilning 1-iyun kuni Adiblar xiyobonida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Toshkent moliya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. U.Narbayev, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i U.Radjabov, institutda Read more…
Toshkent moliya instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari D.Zakirova, H.Akbayva, D.To’laganovalar va Moliya va Iqtisod fakultet talabalari MM-58, I-81,ILHKM-80 bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidaToshkent moliya instituti tomonidan “Adiblar hiyoboni-ma’naviyat maskani” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.
Adiblar xiyobonida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktor o‘rinbosari I.Choriyev, Toshkent moliya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. U.Narbayev, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri t.f.d., professor N.Oblomurodov, Talabalarni Read more…
2022-yil 18-may kuni “Adiblar hiyobonida” O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor haykali qoshida instituti professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalari ishtirokida “Adabiyot xalqning yuragi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Toshkent moliya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy Read more…
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Toshkent moliya instituti tomonidan “Adiblar hiyoboni-ma’naviyat maskani” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Abdulla Qahhor oʻzbek adabiyotiga hikoya janrining mislsiz ustasi sifatida kirib kelgan. Ustoz yozuvchi hattoki oʻzbeklarning Chexovi darajasida ulugʻlangan. Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida oʻzbek tilini nozik his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. Read more…